“Men sening tishlaringdan marjon yasayman” – Konor Getjiga murojaat qildi
Sport
−
12 may 2020
12543Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor yengil vazn toifasida UFC’ning vaqtinchalik chempioni Jastin Getjini ringga chorladi. U o‘zining Twitter’dagi sahifasida amerikalik sportchini “qafasda” o‘ldirib, tishlaridan “marjon yasashini” yozdi.
“Men sening tishlaringdan marjon yasayman”, deb yozgan irlandiyalik sport ustasi.
Irlandiyalikning so‘zlariga ko‘ra, Getji terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgani uchun Qo‘shma Shtatlar nomidan musobaqalarda qatnashishga loyiq emas. Konor aynan qaysi tashkilot ekanligiga oydinlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji UFC turniri doirasida 10 may kuni amerikalik Toni Fergyusonni texnik nokautga uchratib, tashkilotning vaqtinchalik chempioni kamarini qo‘lga kiritdi.
Avalroq, Konor Makgregorning iyul oyida oktagonga qaytishi haqida xabar bergan edik.