Men Saudiyada yangi hikoya yozmoqchiman – Neymar

Sport

image

Braziliyalik hujumchi Neymar Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubidan Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tgani haqida fikr bildirdi.

“Men bu yerda yangi hikoya yozmoqchiman, Saudiya Arabistoni ligasida aql bovar qilmaydigan darajada sifatli futbolchilar va energiya bor. Liga ayni damda katta o‘sish ko‘rsatmoqda, shuning uchun ishonchim komilki, bu ko‘pchilik intiladigan joy”, deydi futbolchi.

Shuningdek, Neymar “Al-Hilol” klubi haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

“Al-Hilol” ajoyib muxlislarga ega juda katta klub, butun Osiyoning eng yaxshi jamoasi. Men o‘zim uchun eng yaxshi klubga to‘g‘ri vaqtda o‘tganimni his qilyapman, g‘alaba qozonishni va gol urishni yaxshi ko‘raman. Men buni Saudiya Arabistonida, “Al-Hilol” tarkibida davom ettirishni rejalashtiryapman”, deb aytdi Neymar.

Ma’lumot uchun, Neymar 2017 yildan beri PSJda o‘ynab kelayotgandi, u “Barselona”dan rekord darajadagi summa – 222 million yevro evaziga parijliklari safiga ko‘chib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing