Men Ronaldu darajasiga chiqa olaman – Leau
Sport
−
03 yanvar
3860“Milan”ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau faoliyati davomida qaysi futbolchiga havas qilgani haqida fikr bildirdi.
“Mening kumirim – Krishtianu Ronaldu. Men uning darajasiga chiqa olaman, lekin Ronaldudek golga haris futbolchi emasman. Men gol ura olaman, lekin yaxshiroq holatda bo‘lgan jamoadoshim bo‘lsa, unga pas beraman. Ayni paytda raqamlar muhim, chunki Mbappe, Messi, Xoland, Ronaldu eng yuqori darajada o‘ynamoqda, raqamlar ularning foydasiga "gapiryapti". Shu bois, o‘z oldimga eng yuqori maqsadlarni qo‘yganimda va bunday ko‘rsatkichlarni ko‘rsatganimda, albatta, bu futbolchilar darajasiga erishish yo‘lida harakat qilaman”, deydi Leau.
Joriy mavsumda Rafael Leau “Milan” safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi