Men Putinning shaxsiy asiriman – qamoqdagi Saakashvili Zelenskiyga murojaat qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina fuqarosi bo‘lgan Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili Facebook'dagi shaxsiy sahifasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga murojaat qilib, post joyladi. Unda Saakashvili o‘zini “Putinning asiri”, deb atagan. 

“Meni Gruziyada noqonuniy hibsga olinib, soxtalashtirilgan ayblovlar bilan qamalganimga bildirgan munosabatingiz va so‘zlaringiz meni juda ta’sirlantirdi. Bunday ayblovga Rossiyadan boshqa hech kim ishonmaydi.

Men o‘z Gruziyamni hayotimdan ko‘ra ko‘proq sevaman, lekin men ko‘p yillar yashagan ikkinchi vatanim Ukrainani ham yaxshi ko‘raman. U yerda oilam va do‘stlarim bor, shuningdek ushbu mamlakat fuqaroligini ham juda qadrlayman. Siz qilgan tarixiy o‘zgarishlar va islohotlarga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan butun umr faxrlanaman. Men, aslida, Putinning shaxsiy asiri bo‘lganim uchun, sizning Ukraina, butun mintaqa va imperiya asirlarini himoya qilish borasidagi prinsipial pozitsiyangizni yuksak qadrlayman”, deydi sobiq Prezident o‘z murojaatida.

OAV ma’lumotlarga ko‘ra, Saakashvili Gruziyaga 1 oktyabr kuni qaytmagan. U 29 sentyabr kuni Gruziya chegarasini kesib o‘tgan, shundan so‘ng respublikaning ikki fuqarosi unga Samegrelodagi Zemo Svaneti qishlog‘iga ko‘chishiga yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili joriy yilning 1 oktyabr kuni vatanida hibsga olindi. Biroz o‘tib, u hibsxonada ochlik e’lon qilgani ma’lum bo‘ldi. Aytilishicha, Saakashvili va uning sheriklari sifatida hibsga olingan odamlarni ozod qilmaguncha ochlikni davom ettirmoqchi. 

Ma’lumot o‘rnida, Mixail Saakashvili 2004-2013 yillarda Gruziya Prezidenti bo‘lgan. Prezidentlik muddati tugashiga oz vaqt qolganida u mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng, unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish ochilgan, ulardan ikkitasi bo‘yicha 2018 yilda hukm chiqarilgan: 

•    Tbilisi shahar sudi Saakashvilini 2006 yilda Gruziya Birlashgan banki xodimi Sandro Girgvlianining o‘ldirilishida sirtdan uch yilga ozodlikdan mahrum qilgan;
•    o‘sha yilning iyun oyida sud 2005 yilda deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi ishi bo‘yicha sobiq Prezidentni olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing