Men Putinga qarshilik ko‘rsata olardim – Bayden
Olam
−
07 may 8446 2 daqiqa
Oldingi AQSH ma’muriyati Ukrainaga kerak bo‘lgan barcha yordamlarni ko‘rsatdi va agar Rossiya yetakchisi Vladimir Putin yana harakat qilsa, Oq uy yanada tajovuzkorroq javob bera olar edi. Bu haqda AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden yanvar oyida Oq uyni tark etganidan keyin BBC’ga bergan ilk intervyusida so‘z ochdi.
O‘z intervyusi davomida sobiq prezident amaldagi davlat rahbari Donald Trampning AQSHni Panama kanalini qaytarib olish, Grenlandiyani qo‘lga kiritish va Kanadani 51-shtatga aylantirish haqidagi chaqiriqlarini qoralagan.
“Bu yerda nima bo‘lyapti o‘zi? Qaysi prezident shunday gapiradi? Biz bunday emasmiz. Biz musodara haqida emas, erkinlik, demokratiya, imkoniyat haqida gapiryapmiz”, degan Bayden.
Ukraina masalasida Bayden Kiyevga Rossiyaning keng ko‘lamli bosqiniga qarshilik ko‘rsatishdan ko‘ra, urushda g‘alaba qozonishi uchun yetarlicha yordam berganmi yoki yo‘qmi, degan savolga ham javob bergan.
“Biz ularga mustaqillikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hamma narsani berdik va agar Putin yana harakat qilsa, yanada tajovuzkorroq javob berishga tayyor edik”, degan sobiq prezident.
Bayden, shuningdek, Tramp ma’muriyatining Kiyev jangovar harakatlarga chek qo‘yadigan tinchlik bitimini ta’minlash uchun ba’zi hududlardan voz kechish rejasini ham qoralagan.
Shuningdek, u “Yevropa Amerikaning ishonchliligi va Amerika yetakchiligiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishidan xavotir bildirgan”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden lavozimini tark etganidan beri ilk bor omma oldida nutq so‘zlab, amaldagi Prezident Donald Trampni keskin tanqid qilgan edi.
Live
Barchasi