Men ochman, menga jang bering – Nursulton Ro‘ziboyev
Sport
−
03 avgust 2023 6424 1 daqiqa
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev sentyabr oyida jang qilmoqchi. Bu haqda sportchi o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Ro‘ziboyev shu yilning noyabr oyida San-Pauluda braziliyalik Kayo Barraloga qarshi oktagonga chiqishi kerak, lekin aftidan o‘zbekistonlik jangchi Barralo bilan to‘qnashuvga qadar yana bitta jang o‘tkazmoqchi.
“Men sentyabrda jang qilmoqchiman, kimligining farqi yo‘q, faqat menga jang bering, men ochman”, deydi Ro‘ziboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ro‘ziboyev amerikalik sportchi Stiven Tompson bilan jang qilmoqchi ekanligi xabar qilingandi. Stiven Tompsonning UFC 291 turnirida braziliyalik Mishel Perreyraga qarshi jangi bekor bo‘lganidan keyin, Ro‘ziboyev unga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
Live
Barchasi