“Men noroziman”. Advokatlar palatasi raisi qonundagi o‘zgartirish bo‘yicha keskin fikr bilan chiqdi
Jamiyat
−
25 mart 2020
13852Avvalroq, Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunga prokuror sanksiyasi bilan advokatlarning telefon so‘zlashuvlari “tinglanishi” bo‘yicha o‘zgartirish kiritish ma’qullangani haqida xabar bergan edik. https://qalampir.uz/n/15972
Ushbu Qonun bilan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarga va Jinoyat-protsessual kodeksga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ushbu o‘zgarishlardan birida prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma’lumotlarini nazorat qilinadi.
Masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Raisi Alim Ernazarov mamlakatda faoliyat olib borayotgan advokatlarga murojaat qilib, Senat tomonidan ma’qullangan yangi tartibga o‘zining keskin e’tirozini bildirdi.
“Albatta, bugun Senat tomonidan ma’qullangan, advokatlik faoliyatimizga tegishli o‘zgarishlarga mening ham qat’iy e’tirozim borligini bildiraman. Bu holatdan, advokat va Advokatlar palatasi Raisi sifatida - noroziman.
Qonun hujjatlarida, advokatlarga tegishli qonun hujjatlari loyihasi, Advokatlar palatasi Raisi tomonidan imzolanishi (rozilik olinishi) belgilangan. Birok, qonunchilarimiz tomonidan bu tartibga rioya qilinmadi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Rais Alim Ernazarov, yuqorida eslangan qonun loyihasiga imzo (viza) qo‘ymagan”, deya fikr bildirgan Palata raisi Alim Ernazarov.
Avvalroq, prokuror sanksiyasi bilan advokatlarning telefon so‘zlashuvlarini tinglashga ruxsat berilishi bo‘yicha Adliya vazirligi ham tushuntirish bergan edi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu qonun loyihasi to‘liq kuchga kirgani yo‘q. Qonunchilikka muvofiq, Senat ma’qullaganidan so‘ng, Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng amalga kiritiladi.
LiveBarchasi