Sibir shaharlarida namoyishlar -50 daraja sovuqda bo‘lib o‘tmoqda

Olam

image

Bugun, 23 yanvar kuni butun Rossiya bo‘ylab, muxoliyat vakili Aleksey Navalniyni qo‘lab-quvvatlovchi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Sibir shaharlarida ham ruxsatsiz mitinglar bo‘lib o‘tmoqda. Novosibirsk va boshqa shaharlarda namoyish ishtirokchilarini hibsga olish boshlangan.

Novosibirskda namoyishchilar shahar markazi orqali Lenin maydoniga qarab yurgan. Politsiya va Rosgvardiya kuchlari aksiya o‘tkaziladigan joyga to‘plangan. Namoyish paytida Qizil prospektdagi transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Natijada xavfsizlik kuchlari zanjirband bo‘lib, namoyishchilarni maydondan haydab chiqara boshlagan.

Krasnoyarskdagi norozilik mitingida, ruxsatsiz miting ishtirokchilari ham shahar markazidan o‘tib ketgan, ularning ba’zilari meriyada yig‘ilgan. Politsiya saf tortib, piyodalar yo‘laklarini to‘sib qo‘ygan. Xususan, ular kordonni buzmoqchi bo‘lgan odamlarni ham hibsga olgan.

Yakutskda Navalniyni qo‘llab-quvvatlash mitingi minus 50 daraja sovuqda bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya xodimlari avvaliga faollarni tarqalishga undagan, keyinchalik ularni hibsga olishga kirishgan. Jurnalistlarning xabar berishicha, besh kishi hibsga olingan.

Ma’lumot uchun, muxolifat vakili Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan mitinglar Rossiyaning 40 dan ortiq shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda jami 15 mingdan ortiq aholi qatnashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing