Namanganda shifokor kaltaklandi
Jamiyat
−
07 fevral 2020
11614Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida yuz bergan janjal videosi tarqalgandi. Unda 25-30 yosh atrofidagi yigit katta yoshli shifokorni kaltaklayotgani tasvirlangan. Mazkur hodisa bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ma’lumot berdi.
Kecha, 6 fevral kuni soat 10:30 larda, 22 yoshli A.K, Chust tumanida joylashgan 46-sonli oilaviy poliklinkasida bo‘la turib, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, poliklinikada bo‘lim mudiri lavozimida ishlovchi 59 yoshli X.L. bilan o‘zaro gap tortishib, uning yuz qismiga qo‘li bilan urib, yuz va burun qismiga tan jaroxati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (bezorilik)bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi