Men barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisiman – Ronaldu

Sport

−

image

Krishtianu Ronaldu o‘zini futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblashini aytdi. Bu haqda Ronaldu CNN Portugal telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

U jurnalist va do‘sti Edu Agirre bilan suhbatda Lionel Messi bilan raqobati, faoliyati va erishgan natijalari haqida gapirdi.

“Men barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisiman. Tamom. Raqamlarning o‘zi gapiradi. Men o‘zimdan yaxshiroq hech kimni bilmayman. Tarix allaqachon yozilgan. Bugun faoliyatimni yakunlasam ham, hech narsadan afsuslanmayman”, deydi portugaliyalik hujumchi.

Suhbat davomida Ronaldu Lionel Messi bilan yillar davomida davom etgan raqobati haqida ham fikr bildirgan. Ularning o‘zaro raqobati jahon futbolida yangi davrni boshlab bergani ta’kidlangan.

Ronalduning aytishicha, ular bir-biri uchun motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qilgan. U bu raqobatni Formula-1 ning afsonaviy poygachilari Alen Prost va Ayrton Senna o‘rtasidagi bellashuvga qiyoslagan.

“Ulardan biri doimo ikkinchisiga motivatsiya bergan. Bu xuddi Formula-1 dagi Alen Prost va Ayrton Senna o‘rtasidagi raqobatga o‘xshaydi”, deydi Ronaldu.

Portugaliyalik yulduz yoshiga qaramay, gol urishda davom etayotganini ham ta’kidlab, bu natijalari uchun o‘ziga yetarlicha baho berilmayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etgani uchun ma’lum muddatga terma jamoadan chetlatilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing