Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman — Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
22 dekabr 2021
9723O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kadrlar muammosi sabab hokim yordamchisi tizimini joriy qildi. Bu haqda u bugun, 22 dekabr kuni Olmaliq shahriga tashrifi davomida aytib o‘tdi.
“Men nima uchun hokim yordamchilari degan tizimni joriy qildim, chunki o‘zim uchun yaxshi kadrlar qidirib yuribman. Mana, bugun ham sizlar bilan suhbatda yangi kadrlar kashf qildim.
Misol uchun, Andijon viloyatida 30 yilda hokimlar soni ko‘p bo‘lmagan. Lekin Toshkent viloyatiga majoziy ma’noda aytganda 30 ta hokim kelib-ketdi. Nega? Chunki ishni eplaydigan yaxshi kadrlar topish qiyin. Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi. Men amalni beraman, lekin arqonni uzun tashlab qo‘yaman”, deydi Prezident.
Davlat rahbari so‘zida davom etib, Zoyir Mirzayevning Qashqadaryodan Toshkent viloyatiga o‘tkazilishi haqida ham to‘xtalgan.
“Zoyir Mirzayevni bekorga olib kelmadim bu yerga. Qashqadaryo ham og‘ir viloyatlardan biri edi, ammo epladi. Toshkent viloyatida muammolar ko‘pligi uchun uni atayin bu yerga olib keldim”, dedi Prezident.
LiveBarchasi