Men abadiy “Inter” muxlisi bo‘lib qolaman — Romelu Lukaku

Sport

image

Bugun, 15 avgust kuni belgiyalik futbolchi Romelu Lukaku “Chelsi”ga o‘tishi munosabati bilan “Inter” muxlislariga maktub yozib qoldirdi.

“Hurmatli, “Inter” muxlislari, meni qabul qilganingiz uchun rahmat. O‘tgan ikki yil davomida oilam bilan o‘z uyimda yashagandek bo‘ldim. Men “Inter”ga o‘tganimda, darhol o‘zimni klubda yaxshi ko‘rsatishim kerakligini his qildim. Milan aeroportidagi uchrashuv esa ajoyib hikoyaga aylandi.

Ishonchingizni oqlash uchun har bir mashg‘ulot va uchrashuvda qo‘limdan kelganicha xarakat qildim. Birinchi mavsum muvaffaqqiyatsiz tarzda yakunlandi, lekin siz menga oldinga borish uchun kuch berdingiz. Jamoamiz keyingi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Umid qilamanki, nima uchun “Chelsi”ga o‘tganimni tushundingiz. Bu men orzu qilgan taklif va eng katta imkoniyatdir.

Ammo ikkilanmang, men abadiy “Inter” muxlisi bo‘lib qolaman, chunki sizning qo‘llab-quvvatlashingizsiz hozirgi darajaga chiqmagan bo‘lardim”, deya yozgan Lukaku.

Ma’lumot uchun, Romelu Lukaku “Manchester Yunayted”dan “Inter”ga 74 million funt sterling evaziga transfer qilingan va 74 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 47 ta gol urgan. “Neradzurrilar” bilan birgalikda 2020-21 yilgi mavsumda Italiya chempionligini  qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Milan Inter Romelu Lukaku Bel'giya

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing