“U javob beradi”. Davletov raqqosalar bilan “vaqtichog‘lik” qilgan mudir haqida

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri raqqosalar bilan banketda o‘tirgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu mavzu bugun, 7 fevral kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan o‘tgan matbuot anjumanida muhokama qilindi.

“Agar video olish yoki uni tarqatish masalasiga keladigan bo‘lsak, tasvirga olish va tarqatish mumkin, qachonki, jamoat joyida bo‘lsangiz. Biroq oiladagi holatni tasvirga olish va tarqatish taqiqlanadi. Siz hech qachon biror kimning oynasidan uyidagi holatini tasvirga olomaysiz, bu uning shaxsiy hayoti”, deydi Davletov. 

Adliya vaziri XTB mudiri bilan bo‘lgan holat haqida gapirar ekan, u qilgan ishi uchun javob berishi hamda davlat xodimlari uchun alohida huquqiy norma borligini ta’kidlab o‘tdi.

“U jamoat joyida edi va qilgan ishi uchun, albatta, javob beradi. Vazirlar Mahkamasining davlat xodimlari haqidagi  huquqiy normasi bor. Davlat xodimlari ishdan tashqari ham o‘zlarini lavozimiga mos ravishda tutishlari kerak. Ta’lim yo‘nalishida ishlaydigan odam yoshlarning tarbiyasi bilan shug‘ullanishi zarur. Biroq, men u yerda nima holat bo‘lganini bilmayman, balki do‘stlari bilan shunchaki o‘tirganda raqqosalar o‘zi kirib kelgandir. Chunki bunday tomoshalar muassassa tomonidan tashkillashtiriladi”, deydi Ruslanbek Davletov. 

Davletov yoshligini eslab, bir vaqtlar o‘zi ham kafelarga borganda raqqosalar uning yoniga o‘z oyog‘i bilan kelganini aytdi.  

“Bu masalaga bir tomonlama qarash kerak emas. U ham odam. Agarda shu kabi holat uning ish vaqtida yoki ochiq muassassalarda sodir bo‘lganda, boshqa gap edi. Masalan men ham yoshligimda kafega kirgan paytim raqqosalar yonimga kelgan, biroq u vaqtda men davlat hodimi emas edim”, deydi Adliya vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing