Meloni ham Mirziyoyevni tantanali kutib oldi (video)
Jamiyat
−
08 iyun 2023 23066 1 daqiqa
Ayni paytda Rimda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Italiya Bosh vaziri Jorjia Meloni ham tantanali kutib oldi.
Italiya Bosh vaziri qarorgohi – Kiji saroyida oliy darajadagi muzokaralar oldidan Prezident Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Kiji saroyida faxriy qorovul saf tortgan. Jorjia Meloni va Shavkat Mirziyoyev ularning oldidan o‘tib, Italiya bayrog‘iga hurmat ko‘rsatgan va birgalikda suratga tushgan.
Shundan so‘ng muzokaralar boshlangan. Italiya hukumati rahbari Mirziyoyevga Rim O‘zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Italiya Respublikasi Prezidentining qarorgohi – Kvirinal saroyida ham O‘zbekiston Prezidentini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Shavkat Mirziyoyevni Italiya Prezidenti Serjo Mattarella kutib olgan va u bilan birga nonushta qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025