Meksikaliklar JCH ochilishi oldidan namoyishlar uyushtirmoqchi
Sport
−
11 iyun 3305 2 daqiqa
Meksika poytaxti Mexiko shahri ma’muriyati 2026 yilgi Jahon chempionati ochilishidan oldin shaharda norozilik namoyishlari faollashganini qayd etdi. Bu haqda shahar politsiyasi tomonidan e’lon qilingan ommaviy tadbirlar byulletenida ma’lum qilindi.
Jamoat xavfsizligi vazirligining hujjatiga ko‘ra, joriy yilning 9 iyun kuni shaharda bir ommaviy norozilik namoyishi, o‘nta miting hamda boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eng yirik aksiya Ta’lim xodimlarining milliy muvofiqlashtirish qo‘mitasi (CNTE) tomonidan tashkil etiladigan yurish bo‘lib, politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, unda 6 ming nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin. Yurish poytaxtdagi stadion tomon yo‘naladi, u yerda 11 iyun kuni Jahon chempionati ochilish uchrashuvi o‘tkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kasaba uyushmasi o‘qituvchilari 2007 yildagi pensiya islohoti va 2019 yildagi ta’lim islohotining bekor qilinishi, ish haqlarining oshirilishi hamda noroziliklarda ishtirok etgan xodimlarning maoshlaridan ushlab qolishni to‘xtatishni talab qilmoqda.
Shuningdek, stadion atrofi va shaharning boshqa hududlarida Ayotsinapadan yo‘qolgan 43 nafar talabaning oilalari, talabalar tashkilotlari va jamoat birlashmalari ham norozilik aksiyalarini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ular stadion rekonstruksiyasidan keyin o‘z huquqlarini himoya qilishni talab qilmoqda.
Xususan, yo‘qolgan talabalarning ota-onalari shahar kirish nuqtalarida axborot kampaniyasi o‘tkazishni rejalashtirgan. Shuningdek, Avtonom Metropoliten universitetining talabalar qo‘mitasi turnir ochilishi vaqtida 72 soatlik ish tashlash o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Avvalroq Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum noroziliklarga qaramay, Jahon chempionati ochilish marosimi tinch va zo‘ravonliksiz o‘tishini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatni xalqaro miqyosda namoyishchilarga nisbatan bosim qo‘llanilayotgandek ko‘rsatishga urinayotgan guruhlar mavjud, biroq “hech qanday repressiya bo‘lmaydi”.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi bugun, 11 iyun kuni Mexiko shahridagi “Asteka” nomi bilan tanilgan arendada bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi