Meksikada prokuratura xodimlari otib ketildi
Olam
−
07 mart 2020
6082Meksikaning Jalisko shtatida avtomobillarni o‘g‘irlash bo‘yicha tergov bo‘limi xodimlariga hujum paytida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda “Televisa” telekanali bosh prokuraturaga tayanib xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, voqea San-Pedro-Tlakepak shahrining Las-Xuertas tumanida sodir bo‘lgan.
Otishma oqibatida prokuraturaning ikki nafar xodimi, aynan davlat qoralovchisi Migel Alfonso Medrano va avtomobillarni o‘g‘irlash bo‘yicha tergov bo‘limi muvofiqlashtiruvchisi Omar Valdes Ermosilo halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, mahalliy aholidan 7 nafar shaxs otishma qurboni bo‘ldi. Bir nafar ayol yaralandi, u shifoxonaga eltilgan.
Hodisa joyida politsiya xodimlari ishlamoqda.
LiveBarchasi