Meksikada munitsipalitet meri o‘z uyida otib o‘ldirildi

Olam

image

Noma’lum shaxslar Meksikaning Oaxaka shtati San-Migel-Amatitlan munitsipaliteti meri Xoel Anxel Bravo Martinesni otib o‘ldirdi. Bu haqda “El Universal” gazetasi xabar berdi.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea kecha, 13 iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Qurollangan guruh 53 yoshli merning uyiga bostirib kirgan. Hudud bosh prokuraturasi tergov harakatlarini boshlagan. Ushbu amaldor 22 may kuni qo‘shni Puebla shtatidagi trassada ham hujumga uchragan: o‘shanda noma’lum shaxslar pistirma qurib, mer va uning uch nafar hamrohini mashinadan tushishga majbur qilgan va ularni tunab ketgan. 

Ushbu holat yuzasidan Oaxaka shtati Bosh prokuraturasi tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qilgan.

“Shtat Bosh prokuraturasi surishtiruv ishlarini texnik va ilmiy jihatdan qat’iy nazorat ostiga oladi hamda hujum mexanizmini aniqlash, jinoyatning ijrochilari va buyurtmachilarini fosh etish, shuningdek, ushbu qotillik bo‘yicha jazoning muqarrarligini ta’minlab, qonunning qat’iy qo‘llanilishini kafolatlash uchun idoralararo tezkor razvedka kuchlarini birlashtiradi”, deya xabar bergan prokuratura.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha Eron terma jamoasining Meksikaning Tixuana shahridagi mashg‘ulot bazasi yaqinidan chirigan inson jasadi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika San-Migel-Amatitlan Xoel' Anxel' Bravo Martines Oaxaka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing