Meksikada 30 ta odamni yeb qo‘ygan erkak hibsga olindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Meksika politsiyasi so‘nggi 20 yil ichida 30 ta qotillikni sodir etganini tan olgan 72 yoshli erkakni hibsga oldi. Bu haqda “El Pais” xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, Atisapan-de-Saragosa munitsipaliteti huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 13 may kuni g‘oyib bo‘lgan 34 yoshli Reyna Rodrigesning o‘limidan so‘ng qotilni qidirib topgan. 

Politsiya tintuv paytida keksa meksikalikning uyidan ko‘plab odam qoldiqlarini topgan. Qayd etilishicha, erkak o‘z qurbonlarining go‘shtini qisman iste’mol qilgan. 

Shuningdek, u turli yillarda jabrlanganlarning shaxsiy buyumlari va hujjatlarini uyda saqlagan. Bundan tashqari, o‘ndan ortiq qotilliklar haqida ma’lumotlar topilgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, pensioner o‘zi bilan qo‘shni yashagan va uyali telefon do‘koniga ega bo‘lgan yolg‘iz ona Rodrigesni ham o‘ldirgan va uni parchalab tashlagan. Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, meksikalik tez-tez uning uyiga borib, ovqat olib kelgan. Ayolni oxirgi marta gumonlanuvchining oldiga ketayotganda ko‘rishgan. 

Ayni paytda politsiya qotilning qurbonlari sonini aniqlay olmagan. Bu DNK tekshiruvlaridan so‘ng aniq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika odamxo'r

Baholaganlar

2523

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing