Meksika Prezidenti o‘zining hashamatli samolyotini Tojikistonga sotdi

Olam

image

Meksika Prezidenti Lopes Obrador o‘z saylovoldi va’dasining ustidan chiqib, to‘rt yildan beri xaridor topilmayotgan Boeing 787 Dreamliner hashamatli samolyotini Tojikistonga sotdi. Bu haqda BBC xabar berdi

Qayd etilishicha, Lopes Obrador oldingi hukumat tomonidan xarid qilingan 218 million dollarlik hashamatli samolyotdan voz kechishni saylovlar oldidan va’da bergan. U buni hukumatning serxarajatligi ramzi deb baholagan. Ammo, maxsus jihozlangan samolyotni almashtirish qiyin bo‘lgan, uni lotoreyaga qo‘yish ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Nihoyat, uchoq o‘zining yangi egasini topgan. Tojikiston hukumati uni 92 million dollarga sotib olishga rozi bo‘lgan. 

Samolyot 2012 yilda mamlakatning o‘sha vaqtdagi prezidenti Felipe Kalderon tomonidan sotib olingan bo‘lib, Kalderondan so‘ng keyingi prezident Enrike Penya Niyeto ham undan foydalangan. 

Lopes Obrador prezidentlikka saylangach, bu samolyotga hech qachon qadam bosmaslikka va’da bergan. U hozirgacha tijoriy reyslardan foydalanib keladi. 

Hashamatli interer, jumladan, Prezident yotoqxonasi, marmar va maun yog‘ochlari bilan bezatilgan ichki ko‘rinishga ega bo‘lganiga qaramay, samolyot bor-yo‘g‘i 80 kishini sig‘dira oladi. Shu sabab, u oddiy yo‘lovchi samolyoti uchun judda qimmatlik qilib, xaridor topish ham naqd 4 yil vaqt olgan. 

Samolyot bugun Tojikistonga olib kelingan. Biroq, mamlakat hukumati undan kim foydalanishini ma’lum qilmagan. 

Samolyotdan qutilganidan va saylovoldi va’dasini bajarganidan xursand bo‘lgan Lopes Obrador unga o‘tirgan va hatto, esdalik uchun suratga ham tushirgan.

Prezident uning sotuvidan tushgan mablag‘ evaziga Gerrero va Oaxaka shtatlarida ikkita yangi shifoxona qurilishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston samolyot Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing