Meksika qamoqxonasidagi qurolli g‘alayonda yetti kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Meksika janubidagi qamoqxonada ikki mahbusni ko‘chirish paytida tartibsizlik va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “La Voz del Interior” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahbuslar qamoqxonadan olib chiqilayotgan payt o‘q ovozlari eshitilgan. Shundan so‘ng, ketma-ket o‘qlar yog‘ila boshlagan. Hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan va o‘n kishi yaralangan.

Harbiylarning diqqatini tortgan ovozlardan so‘ng, mahbuslar qamoqxona xodimlariga qarata o‘t ochgan. Keyin ular mebel va axlatlarni yoqib yuborgan. Qurbonlar orasida to‘rt nafar politsiyachi ham bor. Mahbuslar ikki mahkumning boshqa qamoqxonaga o‘tkazilishiga qarshi chiqqan.

Qayd etilishicha, mahbuslar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bir necha soat davom etgan. Politsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mahkumlardan miltiq, beshta to‘pponcha, 1 dona bo‘lakchali granata, 14 dona pichoq, shuningdek, qo‘lbola qurollar, o‘q-dorilar, radiostansiyalar, mobil telefonlar va giyohvand moddalar musodara qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning San-Luis-Potosi shtatidagi Tankanuits de Santos munitsipaliteti meri Xesus Franko Larraga noma’lum shaxslar tomonidan qurolli hujumda otib o‘ldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika g'alayon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing