Meksika bir oy ichida epidemiologik inqirozdan chiqib ketishi aytildi
Olam
−
13 aprel 2020
3910Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador hukumat mamlakatda e’lon qilingan karantin chora-tadbirlarini 10 may kuni bekor qilishiga umid bildirmoqda. Bu haqda u Twitter’dagi o‘z sahifasida yo‘llagan videomurojaatida aytib o‘tgan.
Uning ta’kidlashicha, koronavirus sabab o‘rnatilgan karantin rejimi mutaxassislarning tavsiyalariga ko‘ra, bosqichma-bosqich bekor qilina boshlaydi.
Meksika yetakchisi mamlakat may oyining o‘rtalariga kelib, epidemiologik inqirozdan chiqib ketadi.
“Favqulodda holatni bekor qilish va o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlikni davom ettirish lozim”, dedi Obrador.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Meksikada koronavirusga 4 661 nafar odam chalindi. 1 772 bemor shifo topgan bo‘lsa, 296 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi