Meksika 40 yildan so‘ng birinchi marta pley-offda g‘alaba qozondi
Sport
−
01 iyul 3750 1 daqiqa
Bugun, 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Meksika milliy terma jamoasi Ekvadorni 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.
Uchrashuv dastlab Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq momaqaldiroq sababli bahs bir soat kech boshlandi. O‘yinda gollarga Xulian Kinones 22-daqiqada va Raul Ximenes 31-daqiqada mualliflik qildi. Qo‘shimcha vaqtning beshinchi daqiqasida Ekvador himoyachisi Pero Inkapiye qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Shu tariqa, Meksika terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor Jahon chempionatida pley-offning birinchi bosqichidan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha mundialda Meksika mezbonlik qilgan va chorak finalgacha yetib borgan edi.
Endilikda Meksika 1/8 finalda Angliya va Kongo Demokratik Respublikasi uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Ushbu bahs 6 iyul kuni Mexiko shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda. Tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etayotgan turnir joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi.
Live
Barchasi