Medvedev vino reklamasiga ruxsat bermoqchi
Olam
−
09 Oktabr 2019
3353Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, agar qonun o‘zgartirilsa, rus sharobini reklama qilishga ruxsat berilishini istisno qilmadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
U "Oltin kuz" ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, vinochilar bilan uchrashdi hamda ularning savollariga vino reklamasini qaytarish kerak degan savoliga "Biz buni (vino reklamasini) ehtiyotkorlik bilan qabul qilamiz" deb, javob berdi. "Masalan, rus sharobini reklama qilishni aybli deb o‘ylamayman", dedi Medvedev.
Shu bilan birga, Hukumat rahbari "Amal qilish kerak bo‘lgan qonunchilik mavjud"ligiga e’tibor qaratdi. "Agar jamiyatda munosabat o‘zgaradigan bo‘lsa, biz buni deputatlar bilan muhokama qilishimiz mumkin", dedi Bosh vazir.
Shuningdek, u sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat siyosatini hisobga olgan holda bunday qaror qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi. "Bizga har xil narsalar o‘rtasida muvozanat kerak, shuning uchun "ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak", deya ta’kidladi Medvedev. U mahalliy sharob ishlab chiqaruvchilarning ishini juda muhim deb atadi. Bosh vazirning fikricha bu "mamlakatni ko‘taradi".
LiveBarchasi