Medvedevning o‘g‘li Yevropa Ittifoqining qora ro‘yxatiga kiritildi
Olam
−
19 dekabr 2023
4921Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning o‘g‘li Ilya Medvedev Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketiga kiritildi. Ushbu ro‘yxat YeIning rasmiy jurnalida e’lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, Medvedev Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje hududlarida raqamli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilmoqda.
Yevropa Ittifoqiga ko‘ra, u "Men rusman" loyihasini muvofiqlashtiradi. Uning maqsadi ushbu mintaqalar aholisiga Rossiya davlat xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibini ta’minlash ekani iddao qilingan.
Shunday qilib, matnda aytilganidek, u Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazadigan va tahdid soluvchi harakatlar va siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi va amalga oshiradi.
Jami 61 kishi va 86 kompaniya va tashkilot Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ma’lumot uchun, Ilya Medvedev 1995 yilda Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. U 2022 yil 21 iyunda "Yedinaya Rossiya" partiyasiga kirgan.
LiveBarchasi