Medvedevdan tortib Mishustingacha... Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyani yangiladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Unga ko‘ra, qirollik 350 dan ortiq rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan yangi cheklovlar joriy etdi. 

Hukumat veb-saytida e’lon qilingan yangilangan sanksiyalar ro‘yxatida ta’kidlanganidek, bu shaxslarning barchasiga Buyuk Britaniya hududiga kirishi taqiqlangan, ularning Buyuk Britaniyadagi aktivlari, agar topilsa, muzlatiladi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Bosh vazir Mixail Mishustin, Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin,  Prezident ma’muriyati rahbari Anton Vayno, Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko, Qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev, Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev, Transport vaziri Vitaliy Savelev, Moskva meri Sergey Sobyanin, Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov, Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Nikolay Evmen, Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni Sergey Surovikin va uning o‘rinbosari Sergey Dronov kiritilgan.

Bundan tashqari, London ishbilarmonlar Mixail Fridman va Petr Avenning aktivlarini muzlatib qo‘ydi, ularga ham mamlakatga kirish taqiqlangan. 

Shuningdek, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, uning farzandlari Yelizaveta va Nikolay hamda rafiqasi Tatyana Navkaga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing