Medvedev yil boshidan beri qancha chechen urushga yuborilganini aytdi
Olam
−
02 dekabr 2023
12725Joriy yil boshidan beri 452 ming kishi Rossiya Qurolli Kuchlari safiga jalb etilib, Ukrainadagi urushga jo‘natilgan. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya armiyasini to‘ldirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Medvedevning aytishicha, Chechenistondan 30 mingdan ortiq kishi frontga safarbar qilingan. Shuningdek u Moskva va Sevastopolda ham ushbu amaliyot muvaffaqiyatli kechganini ta’kidlagan.
"Respublikada nomzodlarni jangovar vazifalarni bajarishga tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Gudermesdagi Rossiya maxsus kuchlari universitetida 15 mingdan ortiq ko‘ngilli urushga tayyor", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Moskva Ukrainada “Maydan-3”ni tayyorlayotgani haqidagi gapini mazax qilgandi.
LiveBarchasi