Medvedev yana Ukraina ustidan kuldi

Olam

image

Rossiyaning sobiq prezidenti va davlatning ayni paytdagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mem bilan Ukraina qanday vaziyatga tushib qolganini tasvirlab berdi. Unda Ukraina G‘arb davlatlari klubiga qo‘shilish o‘rniga Iroq, Liviya va Suriya kabi davlatlarning ahvoliga tushib qolgani nazarda tutilgan. Medvedev o‘zining Telegram'dagi rasmiy sahifasida ushbu memni e’lon qilgan

Siyosatchi tomonidan joylangan memning birinchi qismida Ukrainaning atrofi Buyuk Britaniya, AQSH, Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan o‘rab olingani, "Siz tez orada biznikilardan bo‘lasiz" deb va’da qilinayotgani ko‘rsatilgan. 

Suratning ikkinchi qismida go‘yoki hozirgi vaziyat ko‘rsatilib, Ukraina Afg‘oniston, Iroq, Yaman, Liviya va Suriya bilan o‘rab olingani aks etgan. Ular tomonidan ham "Siz tez orada biznikilardan bo‘lasiz", degan ibora qo‘llanilgan.

Ushbu vaziyatni tasvirlash uchun Medvedev mashhur "Men bu tuyg‘uni bilaman" mem-syujetidan foydalangan.  

Eslatib o‘tamiz, Medvedev bungacha bir necha marta Ukrainaga yadroviy qurol bilan tahdid qilgan edi. Bundan tashqari, u hazil chiqishlar, kulgili bayonotlar bilan ham ko‘p eslanadi. Jumladan, u Vladimir Zelenskiyni “yashil ishton kiygan masxaraboz” deb haqorat qilgan edi.  Shuningdek, Moldovaning Vladimir Putinni qora ro‘yxatga kiritganiga munosabat bildirib, “Bunday davlat endi yo‘q” deb gapirgandi


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Dmitriy Medvedev mem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing