Medvedev o‘tirgan samolyot Toshkentga kelib qo‘ndi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘tirgan samolyot bir necha soat avval Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Hukumat a’zolari kutib oldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Bosh vazir 1-2 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi. 

Qolaversa, Rossiya Hukumati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Ayni vaqtgacha SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etuvchi Bosh vazirlardan Medvedevdan tashqari yana to‘rt nafari O‘zbekistonga keldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing