Medvedev partiyasidagi takabbur va surbet siyosatchilar haqida gapirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri, mamlakatdagi yetakchi “Yagona Rossiya” partiyasi raisi Dmitriy Medvedev fuqarolarning partiyaga bo‘lgan ishonchi bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida fikr bildirdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, “Yagona Rossiya”da ko‘plab professional siyosatchilar faoliyat olib boradi. Biroq, OAVda ko‘pincha takabburligi va surbetligini namoyish qilishdan uyalmaydigan partiya a’zolari haqida ma’lumotlar tarqaydi.

Medvedevning qayd etishicha, bunday kishilarni aniqlash uchun partiyaning ichki nazorati o‘rnatilgan. Biroq, OAV va blogerlar bilan ham hamkorlikda ishlash muhim ahamiyatga ega.

“Haqiqatda, o‘tkir muammolarni ko‘tarayotgan, adolatsizlik va qonunbuzarliklarga qarshi kurashayotganlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kerak”, deb ta’kidlagan partiya raisi.

Medvedev “Yagona Rossiya” partiyasini isloh qilinishini bildirgandi. O‘zgarishlar avval yetarlicha e’tibor berilmagan fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, partiya va kadrlar tanlashni raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev Yagona Rossiya

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing