“Mehr” – mutlaqo maxfiy muhr bilan amalga oshirilgan operatsiya haqida hujjatli film

Tahlil

Joriy yilning may oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘iga binoan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududida yashab kelayotgan, aldov qurboni bo‘lgan 156 nafar o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi. Bugun, 13 sentyabr kuni soat 20:20 da ana shu maxsus operatsiya haqida hujjatli film efirga uzatildi. Filmni yuqoridagi slayderda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 

Hujjatli filmda shunday deyiladi:

Al-Xol lageridagi ayollar va bolalar hayotdan umidini uzgan. Ayollarga Vatanga qaytish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Suriyaga borgan o‘zbek delegatsiyasi tashrifi davomida Damashq va Asake provinsiyalarida 2 ta terroristik akt sodir etildi.

“Qarasam bolalarim tosh otishdan boshqa narsani bilmaydi. Boshqa narsani bilmayapti. Hatto manavi qo‘limdagi kichkina bolam tosh otadi. Ey, otma nimaga otasan desam, Yo‘q haligi muhit shunday o‘ziga tortib ketyaptida ikki yoshli bola. Bu narsa yomon ta’sir qiladi lekin”, deydi ayollardan biri. 

O‘tkir infeksiyali kasallikdan yil davomida 250 nafar bola hayotdan ko‘z yumgani qayd etilgan.

Bu bolalarning aksariyati 20 yoshga to‘lmagan. Jangarilarning eng dahshatli usullaridan biri bu bolalarni bolaligidan o‘limga tayyorlash bo‘lgan. Shuningdek, ularni qullikka sotish holatlari ham kuzatilgan. Bu ayollar asirlikda kechirganlarini, hatto, jahannamga ham qiyoslab bo‘lmaydi. Ular bu yerga o‘z xoxishi bilan kelmagan. Ularning akalari, otalari, erlari zo‘ravonlik bilan bu yerga olib kelgan.

“Islom dinida erkak kishi agarda ayolini shariatdan taqsharida bo‘layotgan narsalarga undasa u mahluqdir deyiladi Hadisu sharifda. Shuning uchun ular mahluq sifatida juda qattiq gunohkor bo‘lishadi, bunday erkaklarni da’yus deydi, ayolini sotgan”, deydi Dilbar Otaboyeva.

“Men ayoli edim erimga itoat qildim, turmush o‘rtog‘imga itoat etganim uchun ketdim degan da’voni qiladi. Lekin itoatni ham chegarasi bor. Insonda boshqalardan farqi ham uning tafakkurida uni aqlida eri unga taklif qilayotgan narsa uni jahannamga yetkalashida, uni xorlikka yetaklashida. Shu holatda eriga gapirolmagan taqdirda ahli ilmlarga, ahli fozillarga, maslahat qiladigan odamlarga borib maslahat qilishga borishi kerakedi. Ana o‘shanda unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmalar berilgan bo‘lardi”, deydi Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov.

Bu ayollar qilgan xato sabab qaysidir otasini, kimdir, erini boshqa biri o‘g‘lini yo‘qotdi. Turmush o‘rtoqlarini yo‘qotgandan so‘ng ularni bir necha bor shariat qoidalarini niqob qilgan holda majburlab yollanma jangchilarga turmushga berishgan. Bolalar yovvoyi holda o‘sgan. Eng zarur tibbiy sharoitlar bo‘lmagani uchun  oddiy kasalliklar ham bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan. Bir marta qilingan og‘ir xatoning badali ana shunday bo‘ldi.

Ularning har biri begona yurtda tongda qaytib uyg‘onmaslik vahimasi bilan uyquga ketardi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehr 156 nafar o'zbekistonlik

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing