Bizni namozimizdan to‘xtatishgani yo‘q – Al-Xoldagi sobiq asira
Intervyu
−
16 Sentabr 2019
13861Joriy yilning may oyida Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hudida yashab kelayotgan 156 nafar o‘zbekistonlik ayollar va bolalar mutlaqo maxfiy muhr bilan amalga oshirilgan “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi doirasida Suriyadagi Al-Xol lageridan O‘zbekistonga qaytarilganidan xabaringiz bor.
Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Kuni kecha efir yuzini ko‘rgan hujjatli filmda ushbu operatsiya qanday amalga oshirilgani ochiqlandi. Unda intervyu beruvchilardan biri Al-Xol lageri o‘tgan kunlarini yodga oladi.
“Qarasam bolalarim tosh otishdan boshqa narsani bilmaydi. Hatto, qo‘limdagi kichkina bolam ham tosh otadi. Nega tosh otasan, deb so‘rayman. Muhit qo‘limdagi 2 yashar bolamni ham shu darajada o‘ziga tortib ketyaptiki, menga bu narsa juda yomon ta’sir qilardi”, deydi Suriyadagi Al-Xol lagerida kun kechirgan ayollardan biri.
Ayol so‘zida davom etarkan, O‘zbekistonga qaytganidan keyin uning din va e’tiqod erkinligiga hech qanday qarshiliklar bo‘lmagani, aksincha, namoz o‘qish, ro‘za tutish va hijob o‘rashi uchun barcha sharoit yaratib berilganini aytadi. Buni esa Suriyadagi Al-Xol lageridagi boshqa ayollar ham ko‘rishini istashini yashirmaydi.
“Allohga behad shukr qilaman, Yaratgan yana meni O‘zbekistonga olib keldi, yana tuprog‘iga qaytardi, suviga qaytardi. Boshidan o‘tmagan inson bu narsalarni bilmaydi. Meni boshimdan o‘tmaguncha tuprog‘ining, nonining, suvining qadrini bilmagan edim
Al-Xoldagi asira ayollar ko‘rsin, bilsin: men O‘zbekistonga qaytgach, xonaga kirib, shkafni ochsam joynamoz turibdi. Bilasizlarmi, bizni namozimizdan to‘xtatishgan emas. Ko‘ylagim ham etagi uzun, yengi uzun. Shu kecha ikki marta kelib uyg‘otishdi. “Turinglar, saharlikda ro‘zangizni tutinglar”, deyishdi. Ular o‘zining vazifasini bajardi. Biz-chi?”
Filmni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi