Mehnat munosabatlari vazirligi Rossiyada pichoqlangan o‘zbekistonlik ayol bo‘yicha ma’lumot berdi
Jamiyat
−
30 aprel 2019
6012Avvalroq, Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya shahrida supermarketta kassir bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha pichoqlangani va halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur hodisa bo‘yicha rasmiy axborot berdi.
Vaxirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi bosh vakilligi xabariga ko‘ra, kecha Tula viloyati Uzlovaya shahridagi “Pyaterochka” supermarketida 34 yoshli Andrey.K kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgan.
Jabrlangan Umida.S ismli ayol O‘zbekiston fuqarosi va 3 nafar farzand onasi bo‘lib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, ayni damda Agentlik vakillari Umida.S.ning jasadini O‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.
“Shu munosabat bilan marhumaning yaqin qarindoshlaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi bosh vakiliga murojaat qilishlari so‘ralgan”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligining tezkor telefon tarmog‘i:
+99871-200-06-00
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi telefon tarmog‘i:
+7-9250454744
LiveBarchasi