Mehnat kodeksiga xodimni ishdan bo‘shatishga doir o‘zgartirish kiritilishi kutilyapti
Jamiyat
−
20 dekabr 2020
12248Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Unga ko‘ra, Mehnat kodeksida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida chora ko‘rmagan, jinoyat, shu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish majburiyatini bajarmagan xodimga nisbatan javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Loyihada Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi – mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asoslari ro‘yxatini yangi band bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda. Unga binoan endilikda xodim manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rmaganligi hamda jinoyatga, shu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to‘g‘risida xabar berish majburiyatini bajarmaganligi tufayli xodim bilan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin.
LiveBarchasi