“Mehmon – atoi Xudo”: Berlin Zelenskiyga katta yordam va’da qildi

Olam

image

Berlin bu yildan boshlab Kiyev hukumatiga harbiy yordam uchun yana 11 milliard yevro yuboradi. Bu haqda bugun, 14 may kuni Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinda bergan qo‘shma bayonotida aytildi.

“Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish uchun Germaniya 2023 yil va undan keyingi yillar uchun jami 11 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Shols Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangandan ya’ni 2022 yilning fevral oyidan beri Berlin Ukrainaga allaqachon 17 milliard yevro ajratganini, bu mablag‘lar harbiy, moliyaviy va gumanitar yordamni o‘z ichiga olganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Berlin Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing