MDHning o‘z Olimpiadasi bo‘ladi

Olam

image

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘zlarining sport musobaqasini yo‘lga qo‘yyadi. Birinchi MDH davlatlari o‘yinlari kelasi yil Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladi.

MDH davlatlari o‘yinlari musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Moskvada o‘tgan Hamdo‘stlik davlatlari Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.

MDH o‘yinlarining vazifalaridan biri Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning milliy sport turlarini tarixiy meros sifatida saqlab qolish, xalqaro maydonlarga olib chiqish va ularni rivojlantirishdan iborat. Musobaqa ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Birinchi musobaqa RFda, keyin alifbe ketma-ketligida boshqa davlatlarda o‘tkaziladi.

MDH o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha hujjat loyihasi 10 oktyabr kuni Ashxobodda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’qullangandi. Mazkur musobaqadan MDH davlatlarida keng tarqalgan olimpiya o‘yinlariga kiritilgan va kiritilmagan sport turlari joy oladi.

Musobaqa 10 kun davom etadi. Musobaqani qachon, qayerda o‘tkazilishi MDH davlatlarining Jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi bitim ishtirokchilarining Jismoniy tarbiya va sport kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Biror davlat o‘yinlarni o‘tkazish uchun mezbonlik qilish taklifi bilan chiqsa, Kengash bu to‘g‘rida qaror chiqarish huquqiga ega bo‘ladi. 


Maqola muallifi

Teglar

MDH sport

Baholaganlar

52

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing