MDH yetakchilari Dushanbeda nimalarga kelishib oldi?

Olam

image

Bugun, 10 oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuv va qarorlar to‘plami imzolandi.

Sammitda quyidagi hujjatlar imzolandi:

  1. 2026 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida raislik to‘g‘risida qaror.

  2. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi to‘g‘risida qaror.

  3. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risida protokol.

  4. 2023–2025 yillarda MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi faoliyati to‘g‘risida qaror.

  5. 2026–2028 yillar uchun terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasida MDHga a’zo davlatlar hamkorlik dasturi to‘g‘risida qaror.

  6. 2026–2030 yillarda tashqi chegaralarda chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha MDH davlatlari hamkorlik dasturi to‘g‘risida qaror.

  7. MDHga a’zo davlatlarning vakolatli organlari tomonidan xalqaro nazorat ostidagi yetkazib berish tartibini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma.

  8. 2030 yilgacha MDH davlatlarining harbiy hamkorlik Konsepsiyasi to‘g‘risida qaror.

  9. Mintaqaviy energetik xavfsizlikni ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Deklaratsiya haqida qaror.

  10. 1998 yil 6 martdagi ozodlikdan mahrum etilganlarni jazoni o‘tash uchun topshirish to‘g‘risidagi Konvensiyaga Birinchi fakultativ protokol.

  11. 1993 yil 24 sentyabrdagi Qochqinlar va majburiy ko‘chirilganlarga yordam to‘g‘risidagi kelishuv amaldagi kuchini tugatish to‘g‘risida protokol.

  12. 2005 yil 26 avgustdagi MDH davlatlari oliy moliyaviy nazorat organlari rahbarlari hukumatlararo kengashi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish haqida qaror.

  13. “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi plyus” formati tashkil etish to‘g‘risida qaror.

  14. Transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida MDH davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti haqida qaror.

  15. Jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish (yuvish), terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi hamkorlik to‘g‘risida MDH rahbarlarining Bayonoti haqida qaror.

  16. BMT tuzilganining 80 yilligi munosabati bilan MDH davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti haqida qaror.

  17. Chernobil AES fojiasining 40 yilligi munosabati bilan MDH davlat rahbarlarining Bayonoti haqida qaror.

  18. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga MDH huzurida Kuzatuvchi maqomi berish to‘g‘risida qaror.

  19. MDH organlarida mehnat haqi to‘lash shartlarini takomillashtirish to‘g‘risida protokol.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon raisligida o‘tgan sammit ishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarusdan Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan hamda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Dushanbe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing