MDH o‘yinlari: O‘zbekiston musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi

Sport

image

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk bor o‘tkazilgan MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi. So‘nggi kunda bo‘lib o‘tgan bahslarda sportchilar karate, badiiy gimnastika, futzal sport turlarida shohsupaga ko‘tarildi. 

Oltin medal: Dildora Aliqulova (karate).

Kumush medal: Iroda Sodiqova, Domenika Damirova, Aida Xaydarova, Mubina Kamolova (badiiy gimnastika, jamoaviy bahslarda), Nasibabonu Norboyeva (karate), Mohlaroyim Hakimjonova (karate).

Bronza medal: Anastasiya Saranseva (2 ta: tasma va xalqa bahslarida, badiiy gimnastika), Islomjon Sattorov (karate), Bonu Egamberdiyeva (karate), Sevinch Sodiqova va Diana Garamova (badminton, juftlik), O‘zbekiston futzal terma jamoasi.


Maqola muallifi

Teglar

Futzal MDH o'yinlari Sort Karate

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing