MDH davlatlari yadroviy avariya sodir bo‘lganda yordam berishga kelishib oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari yadroviy avariya yoki radiatsiyaviy favqulodda vaziyatlarda o‘zaro yordam ko‘rsatish choralarini tasdiqladi. Bu haqda MDH ijro qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yadroviy avariya yuz bergan taqdirda amaliy choralar ko‘rish masalasi tashkilot Iqtisodiy kengashining 94-majlisida muhokama qilingan.

“Iqtisodiy kengash a’zolari yadroviy avariya yoki radiatsiyaviy favqulodda holat, yordam miqdori va mazmuni to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ma’qulladi”, deyiladi xabarda.

Ushbu majburiyatlarning bajarilishi 2018 yil 2 oktyabrdagi MDH mamlakatlari o‘rtasida yadroviy avariya yoki radiatsiyaviy favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tayyor bo‘lish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda o‘zaro yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan.

Taxminlarga ko‘ra, yadroviy avariya yuz bergan taqdirda birgalikdagi ishlar uning oqibatlarini minimallashtiradi va "butun MDHda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi".


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing