MDH davlatlari Qozog‘istonda havo hujumidan mudofaa mashg‘ulotini o‘tkazmoqda

Olam

image

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Sari-Shagan poligonida MDH davlatlarining havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Qarag‘anda viloyatida MDHga a’zo davlatlarning havo mudofaasi qo‘shma tizimi kuchlari va vositalarining “Jangovar hamdo‘stlik – 2023” qo‘shma o‘q otish mashqlari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda Qozog‘iston kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlaridan tashqari Qirg‘iziston Qurolli kuchlarining harbiy kontingentlari ham ishtirok etmoqda. Zenit-raketa tizimlarining jangovar ekipajlari allaqachon jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarishga kirishgan”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning tushuntirishicha, mashg‘ulotlarning faol bosqichi 14-15 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Qirg‘iziston havo hujumidan mudofaa ekipajlari “Pechora 2BM” mobil zenit-raketa majmuasidan amaliy o‘q otishlarini amalga oshiradi. U qisqa va o‘rta masofada joylashgan boshqariladigan va uchuvchisiz havo hujumi qurollarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.

Mashg‘ulotlarning faol bosqichini Rossiya, Armaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mudofaa boshqarmalari va havo hujumidan mudofaa kuchlari vakillari kuzatib boradi.

Ma’lumot uchun, mazkur mashg‘ulotlar 1995 yil 10 fevraldagi MDH davlatlarining havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimini yaratish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq tashkil etilmoqda. Amaldagi rejaga ko‘ra, mashg‘ulotlar ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston MDH havo hujumidan mudofaa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing