Endi “HUMO” kartalaridan Gruziyada ham foydalanish mumkin

Biznes

image

Joriy yilning 25 may kuni "Banklar va riteyl. Raqamli transformatsiya va o‘zaro aloqa" O‘zbekiston – 2022 xalqaro PLAC-forumi doirasida Milliy banklararo protsessing markazi hamda "TBC Bank" ATB o‘rtasida Gruziya hududida O‘zbekiston banklarida ochilgan “HUMO” kartalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihaning ishga tushirilishi to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Iyun oyining oxiri va iyul oyining boshida O‘zbekiston fuqarolari Gruziya bo‘ylab qilgan sayohati chog‘ida “HUMO” kartalaridan to‘siqsiz foydalanishlari: savdo nuqtalarida to‘lov qilishlari va TBC Bank bankomatlari orqali naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi. 

Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Ravshanbekovich Qurbonov  bunga shunday izoh berdi: "Xalqaro o‘yinchilar bilan strategik hamkorlik qilish biz uchun juda muhim, chunki kartalarimizni ham O‘zbekistonda, ham mamlakat tashqarisida foydalanuvchilar uchun qulayroq qilish maqsadida kartalar amal qiladigan hududni kengaytirishdan manfaatdormiz".

Spartak Tetrashvili, "TBC Bank" ATB boshqaruv raisi:

— Biz TBC Bank sifatida O‘zbekistonda nafaqat loyihalarning realizatsiyasi bilan shug‘ullanamiz, balki O‘zbekistondan Gruziyaga amalga oshiriladigan bank operatsiyalari hajmini kengaytirishga ham ko‘maklashamiz. “HUMO” kartalarining innovatsion platformasi uni xalqaro bank tizimlariga qiyinchiliksiz integratsiya qilishga hamda mijoz tajribasini yaxshilashga imkon beradi.

26 may kuni PLAS-Forum doirasida Shuhratbek Qurbonov "To‘lov biznesi. Barcha azimutlar bo‘yicha rivojlanish" nomli sessiyaning moderatori bo‘ladi, shuningdek "Banklararo hamkorlik va xalqaro loyihalar. O‘zaro aloqaning muhim yo‘nalishlari. Milliy to‘lov tizimlarining integratsiya istiqbollari" mavzusi bilan chiqish qiladi.

26 may kuni Spartak Tetrashvili "FinTech – 2022 va neobanklar. Asosiy trendlar" mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatining moderatori bo‘lishi kutilmoqda.

"TBC Bank" ATB haqida

"TBC Bank" 30 yillik tarixga ega bo‘lib, Gruziya va Kavkazorti mamlakatlarining eng yirik banki hisoblanadi. 2016 yildan boshlab "TBC Bank" aksiyalari London Stock Exchange birjasida taqdim etilgan. O‘tgan yil mobaynida London fond birjasida "TBC Bank" aksiyalarining kotirovkalari 44,95 foizga ko‘tarildi, kompaniya aksiyalarining umumiy narxi esa 1 milliard AQSH dollarini (784, 14 mln funt sterling) tashkil qiladi. 

"TBC Bank" 2020 yilning oktyabr oyida ilk raqamli bank sifatida O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. Hozirga kelib TBC UZ ilovasini 2 milliondan ko‘proq kishi yuklab olgan.

2021 yil sentyabrining oxirida ikki institutsional investor – YeTTB va IFC har biri TBC UZ loyihasining 20% ulushini sotib olish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Ilk badal miqdori ikki investorning har biri uchun 9,4 million AQSH dollarini tashkil qildi. 

Bank raqamli formatdagi quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: pul o‘tkazmalari, kreditlar, depozitlar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati, bank kartalari hamda xizmatlarga to‘lov qilish. Barcha to‘lovlarni TBC UZ ilovasi orqali amalga oshirish mumkin.

Bank o‘z mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish ustida faol ish olib boradi hamda insonlar hayotini hozir va shu yerda yaxshilashga intiladi.

OAV uchun qo‘shimcha ma’lumot:

E-pochta: [email protected]

Bog‘lanish uchun telefon: 1150

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Milliy banklararo protsessing markazi haqida (MBPM):

2019 yilning 1 mayidan yangi HUMO to‘lov tizimi kartalarining emissiyasi boshlandi. 2019 yilning iyul oyida MBPM tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tib, PCI DSS Xalqaro xavfsizlik standarti talablariga mos keladigan sertifikatni qo‘lga kiritdi. Standart talablari Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan barcha kompaniyalarga nisbatan joriy etiladi. 2019 yilning dekabridayoq tizimga Mastercard hamda Visa to‘lov tizimlari integratsiya qilindi, o‘sha oyning o‘zida O‘zbekistonda ilk bor metropolitenning barcha stansiyalarida HUMO kartalari orqali yo‘l haqini aloqasiz to‘lash tartibi joriy etildi. 2022 yilning may oyiga kelib butun respublika bo‘ylab 4 300 dan ortiq bankomat va 230 000 ta terminal o‘rnatildi, 10 000 000 ta karta muomalaga chiqarildi.

Karta egalari yashab turgan shaharlaridagi kartaga xizmat ko‘rsatish nuqtalari haqida ma’lumotlarni humocard.uz saytida, “Karta egalariga” deb nomlangan bo‘limda olishlari mumkin. Quyidagi havola orqali o‘tib, shaharni tanlash kerak. Shunda HUMO terminali qayerda mavjudligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Shuningdek, HUMO to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarning joylashuvi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin:

Milliy banklararo protsessing markazining tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – to‘lovlarning uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash, innovatsion mahsulotlarni ilgari surish, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatdosh muhitni rivojlantirish.

 HUMO to‘lov tizimi:

– to‘lov infratuzilmasini yaxshilash;
– xalqaro tizimlar bilan integratsiya qilish;
– yagona to‘lov makonini yaratishga xizmat qiladi.

OAV uchun qo‘shimcha ma’lumot:

E-pochta: [email protected]

Bog‘lanish uchun telefon: +998 71 2000888

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing