Mbappening “Real”ga kelishiga ijobiy qarayman – Levandovski

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

“Bilishimcha, bu hali rasman tasdiqlanmadi, lekin men uning “Real”ga kelishiga ijobiy munosabatdaman. La Ligada unga qarshi to‘p tepish ajoyib bo‘ladi”, deydi Levandovski.

Qayd etish joiz, Mbappe katta ehtimol bilan yozgi transfer oynasida PSJni tark etib, erkin agent sifatida “Real”ga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Levandovski “Barselona”da 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ Robert Levandovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing