Mbappe jurnalist bilan tortishib qoldi
Sport
−
14:33 704 2 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasining birinchi turida “Inter”ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistning savoliga keskin javob qaytardi.
Jurnalist Mbappe va Vinisius Junior himoyadagi harakatlarini yaxshilashi kerakmi, degan savol bilan murojaat qilgan. Shuningdek, u “Barselona” hujumchisi Rafinya va “Pari Sen-Jermen” futbolchisi Usmon Dembelening pressingda faolroq harakat qilishini misol sifatida keltirdi.
“Faqat men va Vinisiusmi?” deb javob bergan Mbappe.
Shundan so‘ng, fransiyalik futbolchi barcha futbolchilarda yaxshilanish uchun imkoniyat borligini tan olgan. Biroq u Rafinya va Dembele bilan taqqoslanishni istamasligini aytgan.
“Albatta, biz yaxshilanishimiz kerak. Istasam, o‘zimni go‘llikka solib, ulardan ko‘proq gol urishimni aytishim mumkin. Ular ham men kabi bo‘lish uchun ko‘proq gol urishlari kerak. Har kim har xil. Men o‘zimni ular bilan solishtirishni xohlamayman, chunki men ular qilmaydigan ishlarni ham bajaraman”, deydi Mbappe.
27 yoshli hujumchi, shuningdek, o‘z o‘yinini himoyada ham yaxshilashi kerakligini tan olgan.
Ma’lumot uchun, Mbappe “Real Madrid” safida joriy mavsum La Liganing dastlabki to‘rt uchrashuvida to‘rtta gol urgan. Madridliklar bugun, 8 sentyabr kuni Chempionlar ligasining birinchi turida “Inter”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.
Live
Barchasi