Mbappe Yelisey saroyida Makron va Ol Soniy bilan uchrashdi
Sport
−
28 fevral 2024 9786 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi a’zosi Kilian Mbappe Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan Yelisey saroyida mehmon bo‘ldi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, PSJ hujumchisi Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning rasmiy tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan kechki ziyofatda ishtirok etgan. Mbappedan 10 daqiqa oldin Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi ham kechki ovqatga yetib keldi.
Qayd etilishicha, 25 yoshli futbolchi uchrashuvga taklif etilgan yagona sportchi bo‘lgan. Sport olamining boshqa vakillari Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo, 2024 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange va Fransiya Professional futbol ligasi rahbari Vensan Labrun ham tadbirda ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Mbappeni PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga ko‘ndirish emas. Klub Kilianning mavsum oxirida ketish haqidagi qarorini qabul qiladi.
Live
Barchasi