Mbappe YeCHL tarixidagi to‘purarlar reytingida yuqoriladi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ klubining futbolchisi Kilian Mbappening Yevropa Chempionlar ligasidagi gollari soni 39 taga yetdi. Bu haqda UEFA'ning rasmiy sayti xabar berdi.

Bugun, 26 oktyabr kuni Kilian PSJning YeCHL doirasida “Makkabi”ga qarshi uchrashuvida  (7:2) 2 ta gol urdi. Ushbu aniq zarbalar Mbappe uchun CHLda o‘ttiz sakkiz va o‘ttiz to‘qizinchisi bo‘ldi. Shuningdek, Mbappening hisobida 23 ta samarali uzatma ham bor. Unga bunday statistikani qayd etishi uchun 58 ta o‘yin kerak bo‘lgan. Mbappe YeCHLdagi 6 ta golini “Monako” safida kiritgan.

Fransiyalik futbolchi 39 ta golli natijasi bilan “Marsel”ning sobiq futbolchisi Fernando Morentesga tenglashib oldi. Hozirda ular Yevropa Chemionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar qatorida 19-o‘ringa joylashgan.

Mbappedan yuqorida “Yuventus”ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero (43 gol), PSJ hujumchisi Neymar (43 ta gol), “Chelsi”ning sobiq hujumchisi Dide Drogba (44), “Liverpul” vingeri Muhammad Saloh (45), “Manchester Siti” sobiq hujumchisi Serxio Aguero (47 ta gol), “Benfika”ning sobiq hujumchisi Eysebio (47 ta gol), “Real Madrid” afsonasi Alfredo Di Stefano va “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich (49 ta gol) bormoqda.

Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida o‘ninchi o‘rinni "Milan" afsonasi Filippo Inzagi egallab turibdi. Uning hisobida 50 ta gol bor. 23 yoshli Mbappe Chempionlar ligasida 11 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatning 10-pog‘onasidan joy olishi mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, fransiyalik futbolchi YeCHLda ajoyib natija qayd etmoqda. Biroq Chempionlar ligasida Mbappedan yaxshiroq natija ko‘rsatayotgan futbolchi mavjud. Bu “Manchester Siti”da haqiqiy “yirtqich”ga aylangan Erling Xoland. Norvegiyalik futbolchi CHLda 28 ta gol urish uchun PSJ futbolchisidan deyarli 2 barobar kamroq o‘yin sarflagan.

YeCHLning birinchi raqamli to‘purari Kirishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 141 ta gol bor. Ikkinchi o‘rinda Lionel Messi bormoqda. Argentinalik futbolchi Chempionlar ligasida 129 ta gol urgan. Xoland va Mbappe mana shu tarzda barqarorlik namoyish qiladigan bo‘lsa, bir-necha yillardan so‘ng, Messi va Ronalduning ko‘rsatkichiga yaqinlashishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing