Mbappe uchun mavsum tugadi – OAV

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sababli 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha bo‘lgan qolgan o‘yinlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mbappening jarohati dastlab ko‘ringanidan ancha jiddiyroq bo‘lib chiqqan. Kilian bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha klubning rasmiy bayonoti bugun, 27 aprel kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bungacha Mbappening chap oyog‘i tizza osti paylarida zo‘riqish borligi ma’lum bo‘lgan. Fransuz futbolchisi Ispaniya chempionatining 32-turi doirasidagi “Betis”ga qarshi o‘yinning (1:1) 81-daqiqasida zaxiraga olingan.

Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida Mbappe 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ta’kidlash joiz, 27 yoshli hujumchi fevral va mart oylarida ham tizzasidagi muammolar sababli beshta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe jarohat Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing