Mbappe transferi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

Sport

image

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tmoqchi, ammo PSJ boshqa klublar bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “LʼEquipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” Kilianni transfer oynasi yopilishidan oldin sotib yubormoqchi. Chunki, o‘sha paytgacha hujumchining transfer qiymati tushishi mumkin. 

Hozirda PSJ Mbappeni sotishning boshqa variantlarini qidirmoqda. Klub “Al-Hilol”ning 300 million yevrolik taklifini qabul qildi, biroq hozirda deyarli imkonsizdek ko‘ringan transferni amalga oshirish uchun Kilianning roziligi kerak.

So‘nggi ikki kun ichida Mbappe transferi bo‘yicha “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Inter” va “Barselona” taklif bilan murojaat qilgan. Biroz vaqt o‘tgach “Chelsi” va “Manchester Yunayted” hujumchi uchun kurashdan chiqdi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda Mbappe PSJdan ketishi kutilayotgan futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing