Mbappe terma jamoa murabbiylar shtabini tanqid qildi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi taktik tayyorgarligidan norozi bo‘ldi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fransiya terma jamoasining Italiyaga qarshi o‘yinda (1:3) mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Mbappe kiyim almashtirish xonasida nutq so‘zlagan va jamoada taktik tayyorgarlik yetarli darajada emasligini ta’kidlagan. 

Qayd etilishicha, Kilianning so‘zlari birinchi navbatda Dide Desham boshchiligidagi murabbiylar shtabiga qaratilgan.

Italiya terma jamoasi bilan Millatlar ligasining 1-tur uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan Fransiya terma jamoasi 2-turda Belgiya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Keyingi turda Fransiya terma jamoasi Isroil bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing