Mbappe sabab “Real Madrid” muxlisi vafot etdi

Sport

image

Joriy yilning 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Real Madrid” – “Barselona” o‘rtasidagi “El-Klasiko” uchrashuvi vaqtida Mbappening golga aylanmagan penalti zarbasidan keyin 50 yoshli “Real” muxlisi Igal Brodkin yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “All football” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid”ning isroillik tarafdorlar guruhi a’zosi Brodkin “El-Klasiko”ning ikkinchi bo‘limida, Kilian Mbappe penaltini amalga oshira olmaganidan so‘ng hushini yo‘qotgan. Guvohlarning aytishicha, tez tibbiy yordam xodimlari zudlik bilan yordam ko‘rsatgan. Brodkin keyinchalik Lapas shifoxonasiga yetkazilgan va u yerda yurak to‘xtashi oqibatida vafot etgan.

“Igal Brodkinning bevaqt vafot etganidan chuqur qayg‘udamiz. “El-Klasiko” vaqtida u to‘satdan yuragi tutib qoldi. Tez yordam xodimlari barcha imkonni ishga soldi, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi”, deyiladi muxlislar guruhining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, muxlislar hakam Soto Gradoni vaziyatdan xabardor qilishga urinishgan, biroq stadiondagi shovqin tufayli bu sezilmagan va o‘yin davom etgan.

Isroildagi “Real Madrid” tarafdorlari guruhi “Liverpul”ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yini oldidan Brodkin xotirasiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Ispaniyaning Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida butun dunyo intiqlik bilan kutgan “El Klasiko” uchrashuvida  “Real Madrid” o‘z maydonida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe “Real Madrid” penal'ti “El'-Klasiko”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing