Mbappe “Real”ga o‘tmasa, Pedreroll iste’foga chiqadi

Sport

image

“El Chiringuito” dasturi direktori Xosep Pedreroll tomoshabinlarni PSJ hujumchisi Killian Mbappe joriy yil yozda “Real Madrid”ga o‘tishiga ishontirgan va transfer amalga oshmagan taqdirda iste’foga chiqishini ma’lum qildi. 

“Mbappe kelasi mavsum “Real”da o‘ynaydi. Agar bu amalga oshmasa, ishimni tark etaman”, deya ta’kidlagan Pedreroll.

Studiyadagi boshqa ishtirokchilar bunga ishonishmagan va jurnalistdan yana bir marta takrorlashni so‘rashgan.

Bundan tashqari, jurnalist Xose Alvares Xaya Mbappe haligacha PSJ unga yuborgan ikki yillik taklifga javob bermaganini va Parij klubi uni saqlab qolish uchun hech narsa qila olmasligiga ishonishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli hujumchining parijliklar bilan shartnomasi joriy yilning yozida o‘z yakuniga etadi va endilikda u istalgan klub bilan dastlabki shartnoma bo‘yicha muzokara olib borishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, “El Chiringuito” Ispaniya La ligasiga oid aniq tahlillar, eng yaxshi debatlar va futboldagi mashhur shaxslar bilan intervyu tashkil qilinuvchi dastur hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Mbappe Real Madrid El Chiringuito Xosep Pedreroll

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing