Mbappe PSJni tark etadimi? Futbolchining o‘zi javob berdi

Sport

image

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubi rahbariyatidan uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni so‘raganini tan oldi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

“Men yozda klub rahbariyatidan boshqa jamoaga qo‘yib yuborishlarini so‘radim va shartnomani uzaytirmoqchi emas edim. Chunki transferim uchun jamoam pul ishlab olishini va o‘rnimga sifatli o‘yinchi sotib olishini xohlardim. Barchasi hurmat doirasida bo‘lishini istagandim, shuning uchun agar klub ketishimni istamasa, qolishga tayyorman”, deydi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Kilian 2017 yildan beri jamoa safida o‘ynaydi. U “Monako”dan 180 million yevro yevaziga sotib olingan. Joriy yilning avgust oyida Mbappe “Real”ga o‘tishi mumkin edi, ammo parijliklar Madrid klubining taklifini qabul qilmadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi Fransiya chempionatida 9 ta o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 4 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Mbappe Neymar Messi

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing